Xalifa
Rajab
Tarix
Xalifa Rajab harobalarini eng dastlab A.Yu.Yakubovskiy tafsiflab bergan. U yodgorlikni nomsiz maqbara deb atagan. Ayrim konstruktsion xususiyatlariga asoslanib A.Yu.Yakubovskiy yodgorlikni XII-XIV asrlar davriga yotqizadi (Yakubovskiy, 1930, 577-578-bb.). 1986-1989-yillarda Restavratsiya ilmiy-tadqiqot instituti (Toshkent) Xalifa Rajabda keng qamrovli tadqiqot olib bordi, unda obidaning me'moriy o'lchovlari olindi, yodgorlik ichkarisida va uning atrofida arxeologik qazishmalar olib borildi.
Tadqiqotlar natijasida yodgorlikning konstruktsion xususiyatlari aniqlandi; yodgorlik tarixining ikki bosqichi aniqlanadi; yodgorlik ichidagi inshootlar izlari, jumladan qabr toshining qoldiqlari tozalandi; Xalifa Rajabning tashqi ko'rinishini tiklashga kumaklashadigan fasadga oid ancha material olindi; fasadga yaqin qurilgan inshootlar qazib o'rganildi.
parchasi bilan tromp gumbaz. A.S.ning fotoalbomidan. Melkov. 1939"
Tadqiqot guruhi a’zolari Xalifa Rajab qurilishining vaqti borasida yagona fikrga kelisha olmadi. Shu bois arxitektura nomzodi K. Kryukov tadqiqotlar yakuniy hisobotiga taqriz yozar ekan, shunday deydi: “Xalifa Rajab maqbarasi XII asr 1-yarmidan sung, ammo XIII asr boshlaridan avval qurilgan. Juda erta davr (tadqiqot mualliflari ilgari surgan XI asr. Hisobot, 27-b.) va juda sungi davr (XIV asr boshlari) shubha uyg'otmoqda». Birnecha yillardan sung tadqiqot guruhi a'zolaridan biri G'. Xo'janiyazov Xalifa Rajab qurilishi davriga va uning funktsional maqsadiga oid fikr bildiradi. Unga ko'ra yodgorlik XI-XII asrlarda qurilgan.
Uning fikricha, dastlab, yodgorlik masjid-madrasa sifatida ishlab turgan. XIV asrning birinchi yarmida (1344-1345 yy.) inshoot ichida qabr paydo bo'ladi va yodgorlik maqbaraga aylanadi.
Tadqiqotlar
2023-2024 yillarda AQSh elchisining granti doirasida Xalifa Rajab yodgorligida tadqiqot va konservatsion (arxiv o'rganish, arxeologik qazish, memoriy xususiyatlarini o'rganish) ishlari olib borildi. Unga ko'ra yodgorlik tarixini quyidagicha qayta tiklash mumkin.
Yodgorlik monumental arxitektura inshooti qoldiqlari hisoblanadi. Janubiy-G'arbiy (fasad) devori va gumbaz saqlanmagan. Dastlab, u alohida kvadrat shakldagi (tashqi o'lchamlari 12,25 x 12,35 m), kubik tarzli va gumbazli inshoot bo'lgan. Gumbaz qurilgan sakkiz qirralikga o'tish to'rt burchakda joylashgan arkali tromplar shaklida amalga oshirilgan. Ichki gumbazning mavjudligi hali aniq emas. Tashqi gumbaz qanday shaklda (konus yoki klassik (oval)) bo'lganligi haqida ham aniq ma'lumot yo'q.
Qazish ishlari shuni ko'rsatdiki, bino tepalik usti tekislanib, tozalangan maydonda qurilgan. Sharqiy tepalik ohak toshli rakushechnikdan iborat. Tayyor qilingan maydon daryo qumi bilan to'shalgan (8-10 sm qalinlikda).
Xususiyatlari
Xalifa Rajabning konstruksion xususiyati shundan iboratki, uning qurilishida pishgan va xom g'ishtlardan foydalangan. Devorlarning poydevori 4 qator pishgan g'ishtdan o'rilgan, u asosiy devordan qalinroq. Uning ustiga 1,05 m balandlikda namlik o'tkazmaslik uchun (gidroizolyatsia) qamish qatlami solingan («berdana»). Qamishlar ustiga uch qator pishgan g'ishtlar terilgan; keyin devor tagidan 6,12 m gacha xom g'isht qatorlari terilgan.
Shu bilan bir vaqtda fasad devori (sharqiy devorda saqlanib qolgan parchasiga ko'ra) pishgan g'ishtdan terilgan. Bundan tashqari to'rtburchakdan gumbazga o'tish konstruktsiyasi (tromplar) va gumbaz pishgan g'ishtdan bo'lgan. Yodgorlikda katta o'lchamli g'ishtlardan (40 x 40 x 5-6 sm) qurilgan arkali tromplar qo'llangan. Tromplar burchaklarida ularni mustahkamlab turgan yog'ochlar foydalanganligini dalillab turgan teshiklar saqlangan.
yiqilib tushgan yuqori qismini chizish portal - arxeologik ma'lumotlarga ko'ra
Qazishmalar
1986-1989 yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar Xalifa Rajab tarixiga oid 2 bosqichni aniqladi: 1/ Qurilish; 2/ qayta ta'mirlash. Bundan tashqari yodgorlikning fasad devorlari oldida yodgolik ishlab turgan vaqtda unga biriktirib qurilgan inshootlar majmuasi qazib olindi (qarang: Xalifa Rajab fasad devorlari oldidagi inshootlar matniga qarang).
1986-1989 yillarda janubi-g'arbiy devor oldida qulab tushgan fasad devori qoldiqlari tozalandi. Qazish ishlari fasadning "ko'ylagi" binoning asosiy devori bilan bog'liq holda o'rilgan g'ishtlardan sirtqi qatlam tarzda yasalganligini ko'rsatdi. Fasadning maxsus portali bo'lmagan ko'rinadi. Olingan materiallar asosida oldingi tadqiqotchilar fasadni rekonstruksiya qilishning ikki xil taklif tavsiya qilgan, ularning asosiy farqi gumbaz shakliga bog'lik bo'lgan. Birinchi variantda konussimon va ikkinchi variantda – klassik oval shakldagi gumbazlar tahmin qilingan. Xalifa Rajabdagi gumbaz qay shaklda bo'lganligi to'g'risida dalil bulmaganligi sabab biz uchun muhimroq masala fasad bezaklarining farqlari bo'ldi.
Ikkala variantda ham fasad uchta arka bilan bo'lingan. Markaziy arkada inshootga kirish joyi bo'lgan. Markaziy arkani bezagan ikkita pilaster, shuningdek, karniz ostidagi chiziq g'ishtlarda o'yib ishlatilgan geometric bezaklar bilan bezatilgan.Arklar ustidagi timpanlar sayqallangan figurali g'ishtlardan yasalgan murakkabroq geometrik girix bilan bezatilgan. Rekonstruktsiyaning birinchi variantida fasad kompozitsiyasini terrakota g'ishtlaridan yasalgan arab yozuvlari bitilgan П-shaklli friz yakunlagan.
Ikkinchi variantda timpanlar tepasida to'g'ri burchakli ktaba o'rin olgan bo'lib, u o'yilgan epigrafikaga ega monoxrom firuza sir bilan qoplangan terakota plitalari (44x28 sm o'lchamdagi plitalar parchalari) bilan bezatilgan. Epigrafikali o'yib bezalgan g'ishtlardan yasalgan П - shaklidagi friz saqlangan.
The remains of the entrance portal (peshtaka)
A preserved fragment of the eastern tromp
Bezaklardagi epigrafika tahlili yodgorlik sanasi va vazifasiga oid xulosalar chiqarishga imkon beradi (qarang: Epigrafika tahlili)
Avvalgi tadqiqotlar natijalari va AQSh elichisi granti doirasida amalga oshirilgan ishlar taxlili Xalifa Rajab yodgorligi tarixining birnechta bosqichlarini belgilashga va vazifalarini aniqlashga kumak beradi:
Qurilish. AQSh elchisi granti doirasida tromp konstruktsiyalaridagi yog'och qoldiqlari taxlil natijalari bo’yicha XII asr ikkinchi yarmi - XIII asr boshlari (qarang: Taxlillarga nisbat). Hududdagi siyosiy holat inobatga olinsa qisqaroq davrni hisobga olsa bo'ladi – ya'ni XII asr oxiri - XIII asr boshlari.
Xalifa Rajab yodgorligi dastavval masjid xonakoh bo'lganligi to'g'risidagi G.Xo'janinyozovning tavsiyalarini tasdiqlovchi ma'lumotlar afsuski yo'q. Shuning uchun yodgorlikning dastlabki maqsadi aniqlanmagan.
Ta'mirlash ishlari
Ta'mirlash ishlari. XIV asrning birinchi yarmi. Inshoot ichida qabrlar paydo bo'la boshlaydi va maqbara sifatida foydalaniladi. Epigrafika taxlillariga ko'ra bu yerda mashhur sufiy dafn qilingan bo'lishi mumkin.
Fasad devori yaqinida inshootlar majmuasi qurilishi. /XV asr. Maqbara vazifasini bajaradi.
Fasad devori va gumbazning qulashi. /XVII–XVIII asrlar. Xalifa Rajab binosi xarobalarga aylanadi va qabriston sifatida foydalaniladi.