Mizdahqon tarixi
Shahar rivojlanish
dinamikasi
Shahardan topilgan materiallar Gaur-qal'a X asr musulmon manbalarida (sayoxatnoma) tez-tez tilga olingan Mizdahqon shahri ekanligini ko'rsatadi. Ibn-Ruste (903-913), Al-Istaxriy (930-933), Al-Maqdisiy (985) kabi mualliflar o'z asarlarida Mizdahqonni aytib o'tadilar. Shahar haqida eng batafsil ma'lumotni Al-Makdisiy (X asr) bergan: «Mizdahqon katta (shahar), uning atrofida 12 ming qal'a va katta rustak bor.
Qolgan shaharlari (Xorazmning, asosiy shahar Gurganjdan tashqari) aholi yashaydi va mustahkamlangan, ammo Mizdahqon ularning eng kattasi. Sathi Jurjoniyaga (Urganch) yaqin, ayniqsa devor bilan o'ralgan qismi (hisor)».
Shahar qanday vazifalarni bajargan?
Xorazm haqidagi umumiy adabiyotlarda Mizdahqon savdo va hunarmandchilik shahri hisoblanadi. Shu bilan birga, Gaur-qal'ada ko'nchilik ustaxonasi sifatida talqin qilinadigan bitta qazib topilgan ilk o'rta asr ob'ektidan tashqari hunarmandchilikning boshqa izlari haligacha qayd etilmagan. Shuningdek Gaur-qal'ada intensiv savdo izlari ham topilmadi.
Ming yildan ko'proq vaqt davomida bir joyda mavjud bo'lgan shahar qanday vazifalarni bajargan, degan savolga javob berishga harakat qilsak, Mizdahqon mintaqada suv taqsimotini nazorat qiluvchi shahar markazi bo'lgan, deb taxmin qilish mumkin. Bu turli vaqtlarda ikkita tsitadelning mavjudligini tushuntirishi mumkin, ular avvalgi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra saroy binolari emas, balki hududdagi suv ta'minotini nazorat qiluvchi ma'lum bir "ma'muriyat" joylashgan joy bo'lgan.
Sharqiy va g'arbiy tepaliklar orasidagi bo'shliq
XIII asrning uchinchi dekadasidan Mizdahqonning shahar hayoti ikki G'arbiy va Sharqiy tepalik orasidagi tekislikda davom etgan.
Oldingi Xorazmshohlar davrida bu yerda shahar atrofi mulklari bo'lgan. Mo'g'ullar istilosi natijasida yuzaga kelgan harbiy harakatlar o'z o'rnini ma'lum bir siyosiy barqarorlikka almashgan (Jo'chining nabirasi Mengu-Temur (1226-1282) hukmronligi) davrda, bu yerda shahar vujudga kelgan.
Oltin O'rdaning aksariyat shaharlari singari, Mo'g'ullar davridagi Mizdahqonda istehkomlar bo'lmagan, bu uning hududini aniqlashni ancha qiyinlashtiradi. Adabiyotlarda taxminan 80 gektar edi, deb yuritiladi. Joyda olib borilgan arxeologik ishlar aholi turar joylari va hunarmandchilik qoldiqlari - kulolchilik ustaxonalari va eng noodatiy holat – vinochilik ustaxonalarini aniqladi.
Sharqiy tepalik
Sharqiy tepalik - umumiy maydoni taxminan 100 ga bo'lgan cho'kindi jinslardan hosil bo'lgan tabiiy tepalik. Sharqiy tepalik ikki qismdan iborat: janubiy qismi, maydoni taxminan 30 gektar; shimoliy qismi 70 gektarga yaqin maydonga ega.
Sharqiy tepalikning janubiy qismi. Sharqiy tepalikning janubiy qismidagi arxeologik o'rganishlar shuni ko'rsatdiki, qadimgi va o'rta asrlarda bu yerda Mizdahqon shahri qabristoni joylashgan. Tadqiqotchilar shahar nekropolining tarixining o'sha paytlari mintaqada keng tarqalgan din bilan bog'liq ikkita katta bosqichni aniqlaydilar. Nekropolning birinchi bosqichdan ikkinchisiga o'tishi dinning va shunga mos ravishda dafn marosimlarining o'zgarishi bilan bog'liq.
Bunday dafn marosimi zardushtiylikning mahalliy xilma-xilligiga tegishli deb tushuniladi. Zardushtiylik qadimgi eroniylarning dini bo'lib, O'rta Osiyoning turli hududlarida, jumladan, Xorazmda ham keng tarqalgan. O'rta Osiyo zardushtiyligining xususiyatlari keng ilmiy munozaralarga sabab bo'ladi.
Gaur-qal'a tadqiqoti
Nekropoldan olingan materiallar bizga savol va taxmin qilish imkonini beradi. Savol shunday: nega tadqiqotchilar Gaur-qal'aning eng qadimiy qatlamlarini m.a. IV asrga yotqizadi? Vaholanki eng qadimgi dafn milodiy III asrga to'g'ri keladi.
Bu savolga ikkita javob berish mumkin.
1/ Milodiy III asrgacha shahar nekropoli hali topilmagan boshqa joyda joylashgan.
2/ Mizdahqon shahrining tashkil topishi m.a. IV asrdan ancha kechroq sodir bo'lgan. Shaharning boshlanishi shahar qabristonining birinchi bosqichi - eramizning III asriga mos keladi.
Nekropol dafnlarini tahlil qilish natijasida kelib chiqadigan taxmin Sharqiy tepalikning umumiy holatiga tegishli. Qazilgan qabrlarning stratigrafiyasi birinchi va ikkinchi bosqichlar orasida xronologik uzilishlar yo'qligini ko'rsatadi. Bu shuni ko'rsatadiki, shahar aholisi o'rtasida dinning tubdan o'zgarishi (zardushtiylikdan islomga) dafn etiladigan joyning o'zgarishiga olib kelmagan - shahar qabristoni o'sha joyda qolgan. Demak, shahar nekropoli joylashgan joy diniy o'zgarishlar bilan o'zgarmagan yuksak muqaddas maqomga ega bo'lgan deb taxmin qilishimiz mumkin.
Nekropol tadqiqotchilarining qazilgan maydonning cheklanganligi haqidagi ta'kidlashlariga qaramay, XIV asrga oid qabrlar yo'qligini ta'kidlash joiz. Bu to'g'ridan-to'g'ri XIV asr oxiriga kelib Oltin O'rda shahri bo'shab qolganlgini ko'rsatadi. Eslatib o'tamiz, shahar hududida arxeologlar Temuriylar davridagi kichik yashash joylarini qayd etishgan. Ammo shaharning avvalgi miqyosi endi yo'q edi.
Hozirgi vaqtda ushbu hududda zamonaviy qabriston joylashganligi sababli Sharqiy tepalikning shimoliy qismini bundan buyog'iga o'rganish imkoniyati yo'q.
Qayd etish joizki, XII asrga oid poytaxt Gurganj maqbaralari alohida portal va dumbali tomlarning mavjudligi bilan ajralib turadi (Sulton 'Ala ad-Din Tekesh maqbarasi / XII asr oxiri — XIII asr boshlari).
Ammo Mizdahqonda qazilgan maqbaralarda qanday portallar va shiftlar bo'lganligi haqida ma'lumotlar yo'q.Sharqiy tepalikda qabriston inshootlari bilan bir qatorda XII asrda ilmiy adabiyotlarda “xonakoh” nomi bilan mashhur bo'lgan me'moriy majmua joylashgan.
Bir muncha vaqt o'tgach, g'arbdan "qishki"ga ikkinchi kattaroq masjid qo'shildi va u "yozgi" masjid deb ataldi. Masjidning tagida tosh poydevorga mustahkamlangan yog'och ustunlar ustidagi tekis shiftli keng xona bor.
Anushtaginiylar davrida monumental inshoot qurilishining yana bir misoli xalifa Rajab yodgorligidir.
Obyektdagi qazish ishlar natijalariga ko'ra, bu ob'ekt hayotining ikki bosqichi mavjudligini aniqlandi: 1-bosqich - XII asr oxiri - XIII asr boshlariga to'g'ri keladigan yodgorlikning qurilishi; 2-bosqich - ta'mirlash, xususan, XIV asr oxiriga to'g'ri keladigan fasadni yangilash. Xalifa Rajabning asl maqsadi haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Ikkinchi bosqichda (XIV asr) inshoot ichida qabr toshi joylashadi. Shunga ko'ra, Xalifa Rajab maqbaraga aylangan.
XIII-XIV asrlarda Qirq-Сho'pon maqbarasi quriladi. Hozirda maqbara qoldiqlari butun bir binoga qayta tiklangan va ob'ekt asl ko'rinishini yo'qotgan.
XIV asrda Mizdahqonning Sharqiy tepaligida Mazlumxon-Sulu nomi bilan mashhur inshoot qurilgan. Yodgorlik g'ayrioddiy dizaynga ega - sakkiz qirrali gumbazga yetib borgunga qadar imoratning taxminan 2/3 qismi (to'rtburchak va tromp tizimi) tepalikga ko'milgan.
Mazlumxon-Suluning asl maqsadi haqidagi masala ilmiy adabiyotlarda muhokama qilinib keladi. Inshootda uchta qabr toshining mavjudligi uni maqbara deb hisoblashga asos bo'lgan. Materialning o'ziga xos xususiyatlari (bino butunlay pishgan g'ishtdan qurilgan) va dekorning boyligi tadqiqotchilardan birini bu saroy degan taxminga olib keldi.
U Xo'djayli shahari yaqinida joylashgan. U yerdan "janubga ketaverishdagi... yo'lda Mizdahqon degan tog' bor. U yerda, bir tekis joyda [so'fiylar] kuhna bino bor edi” shu yerda ular o'zlarining marosimlarini o'tkazgan. B.Bobojonovning yozishicha, vafotidan oldin (1261) Sulaymon al-Haddadiy va uning tarafdorlari mahalliy hokimiyat tomonidan unchalik qo'llab quvvatlanmagan. Shu bilan birga, XII asrga oid yuqorida tilga olingan xonaqoh ham ularning birodarligiga tegishli bo'lgan bo'lishi ham mumkin.
Al-Haddadiy tarafdorlarining so'fiylar jamoasi Xorazm va Dashti Qipchoq hokimi Qutlug'-Temur (hukmronligi 1321–1336) e'tiboriga tushgan paytdan boshlab vaziyat o'zgardi. U ikkita xonakoh qurushga mablag' ajratadi (bittasini Mizdahqonda). Ular vaqf mulklari fondi bilan ta'minlanadi, vasiylik al-Haddadiy avlodlariga yuklatildi. Bir vaqf hujjatida xonakohning joylashuvi “Mizdahqon (tepaligi) boshida” deb ko'rsatilgan. Yoki aniqrog'i: “Mizdaxqon tepaligi yonbag'rida. Va bu (tepalikning) shimoliy (qismi) ... ". B.Bobojonov manbani tahlil qilib, bu tavsif Mazlumxon-Suluning joylashgan joyiga to'liq mos keladi, degan xulosaga keldi.
Sharqiy tepalikning shimoliy qismi hududida vaqt o'tishi bilan ziyoratgohga aylangan mahalliy elita vakillariga tegishli maqbaralar; Shayx Sulaymon Haddadiyning shogirdlari yig'ilishib turgan kamida ikkita xonaqo; shayx izdoshlari va mahalliy ziyoratchilar uchun mo'ljallangan masjidlar (shahardan tashqarida) joylashgan. Shunday qilib, Sharqiy tepalikning shimoliy tepasida XIII-XIV asrlarda qandaydir memorial - sig'inish markazi shakllanganligi haqida gapirish mumkin.
XIV asr oxiriga kelib Oltin O'rda shahri vayronaga aylangan. Buning sabablari usha davrlarda Xorazmga qilingan harbiy yurishlar va hududdagi suv rejimining o'zgarishi edi. Shaharning tanazzulga uchrashi, “oq xonaqoh” deb atalmish obyektning, Sharqiy tepalikning shimoliy qismidagi masjidning faoliyatini to'xtashiga olib keldi. Bu vaqtda memorial – sig'inish markaziga ziyoratchilar oqimi kamayadi, lekin yo'qolmaydi. Buni Xalifa Rajabning fasadiga XV-XVI asrlarda qilingan qo'shimcha xujralar bilan tushuntirish mumkin. Bu qo'shimcha xujralar yodgorlikga qarab turgan shayx yashagan turar joy ham, ziyoratchilar uchun mo'ljallangan tahorat xonalari ham bo'lishi mumkin.
Taxminan XII asrda Sharqiy tepalikning shimoliy qismida o'z ichiga nekropol (xom gʻisht bilan qoplangan toʻrtburchak/trapezoidal kameralardagi qabrxonalar), maqbaralar, shuningdek, masjidlar va xonaqolarni olgan kult/diniy markaz shakllanadi. XII asr oxiri - XIII asr boshlarida (mo'g'ullardan oldingi davrda) Xalifa Rajab quriladi. Yodgorlikning asl maqsadi hali ham aniqlanmagan.
XIII asr boshlarida bu hudud mo'g'ullar tomonidan bosib olingan. Aftidan, ular Mizdahqon (G'arbiy tepalik/ Gaur-qal'a) suv ta'minoti tizimini buzgan va shahar ikki tepalik (Sharqiy va G'arbiy) orasidagi tekislikka ko'chib ketgan. Shaharda hunarmandchilik ishlab chiqarish va mahalla masjidi qayd etilgan. Shaharning funktsional maqsadi, ehtimol, o'zgargan.
XIII asr o'rtalarida Sharqiy tepalikning shimoliy qismidagi memorial va diniy markaz tashkil topgan hudud shayx Sulaymon al-Haddadiy (1261-yilda vafot etgan) tarafdorlari bo'lgan so'fiylarning yashash joyiga aylandi. XIV asrning birinchi yarmida uning tarafdorlari Xorazmning Jo'chiy hokimi Qutlug'-Temur (hukmronligi 1321-1336) tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. U Sharqiy tepalikning (Mazlumxon-Sulu) shimoliy chekkasida so'fiylar jamoasi uchun xonaqoh qurish uchun mablag' ajratadi, vaqf yerlaridan hisobidan xonakoh mablag' bilan ta'minlanadi. Ayni paytda Xalifa Rajab yodgorligi ta'mirlanadi, fasad yangi bezaklar bilan bezatiladi, ichkarida qabr toshlari paydo bo'ladi. Yodgorlik ziyoratchilar ziyorat qiladigan maqbara sifatida xizmat qila boshlaydi.
XIV asr oxirida G'arbiy va Sharqiy tepaliklar orasidagi tekislikda joylashgan shahar vayronaga aylangan. Shahar qabristonida (Sharqiy tepalikning janubiy qismi) XIV asrdan keyingi dafnlar qayd etilmagan.
Ammo, mavjud materiallarga ko'ra, XV asrning boshlarida shaharning ayrim hududlarida hayot davom etadi. Bu hududda keyingi davrlarga oid yashash izlari topilmadi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, shaharning vayron bo'lishi bilan bir vaqtda yodgorlik va diniy markaz yodgorliklariga ziyoratchilar oqimi kamayib, Sharqiy tepalikning shimoliy qismida yashovchi so'fiylar soni kamayadi. Memorial va diniy markazda ham muayyan o'zgarishlar ro'y beradi. Masjidlar ("qishki" va "yozgi"), "Oq xonakoh" o'z faoliyatlarini to'xtatadi. Mazlumxon-Sulu xonaqosida kimdir dafn qilinib, qabr toshlarini o'rnatiladi. Xonaqoh ziyoratchilar ziyorat qiladigan maqbara vazifasini bajaradi. Xalifa Rajabning fasadi oldida XVII-XVIII asrlarda fasad devori qulab tushishiga qadar kichik kichik xizmat ko'rsatish binolari majmuasi quriladi.
XV asrda shaharda hayotning tamomila to'xtashi Sharqiy tepalikning shimoliy qismining muqaddas (kult) maqomini o'zgartirmadi, bu yer qabriston sifatida xizmat qilishni davom ettirdi. Sharqiy tepalik hududida ko'plab oilaviy skleplar (sag'ana) mavjud bo'lib, ular XVIII asrdan bugungi kungacha vaqtni o'z ichiga oladigan qabriston hisoblanadi.
Jumard-qassob tepaligi qaysi davrdan boshlab hozirgi kungacha davom etayotgan unumdorlikka sig'inish bilan bog'liq muqaddas xususiyatga ega bo'lganligi hali aniq emas. Ehtimol, XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida yaqin atrofdagi Shomun-nabiy maqbarasi muqaddas qadamjoyga aylangan. Bugungi kunda maqbara tarixiy yodgorlik hisoblanmasligiga qaramay (yodgorlik buzib tashlangan va uning o‘rniga yangi inshoot barpo etilgan), mahalliy aholi hamon unga ziyorat qilmoqda.